E'lon
Sizda muhandislik g'oyasi, innovatsion ishlanma yoki kelajak texnologiyalariga oid tayyor loyiha bormi? Unday bo'lsa, bu imkoniyat aynan siz uchun.
«Electronic Autonomous Solutions» AJ hamkorligida o'tkazilayotgan ilmiy-amaliy forum doirasida eng iqtidorli va izlanuvchan yoshlar hamda muhandislar o'rtasida amaliy loyihalar tanlovi start oldi.
Arizani jamoa sardori topshiradi: u jamoa nomini, yo'nalishni, loyiha ma'lumotlarini va barcha a'zolarning ismi, tug'ilgan sanasi, emaili hamda Telegram manzilini kiritadi. A'zolarga alohida hisob ochish shart emas.
Ishtirokchilar yosh chegarasi — 20-30 yosh.