← Barcha hakatonlar
Muddati o'tgan Hakaton 🇺🇿 O'zbekiston

Eng yaxshi startap g‘oyalar uchun 60 million so‘m: Techstars ideatoni Andijon va Toshkentda! 🚀

E'lon

Eng yaxshi startap g‘oyalar uchun 60 million so‘m: Techstars ideatoni Andijon va Toshkentda! 🚀

Sentabr oyida Andijon va Toshkent shaharlarida Techstars Startup Weekend ideatonlari bo‘lib o‘tadi. O'z g'oyalaridan daromad olishni istovchilar uchun bu ajoyib imkoniyatdir.

Ishtirokchilar 54 soat ichida:

• Jamoalarni shakllantirib, MVP (tayyor prototip) ishga tushiradi;
• Techstars metodologiyasi asosida gipotezalarni tekshirish va biznes modelini yaratish bo‘yicha vorkshoplarda qatnashadi;
• Sun’iy intellekt, IT, biznes va marketing sohasidagi mutaxassislardan mentorlik ko‘magini oladi;
• Haqiqiy investorlar uchun loyihalar taqdimotini o‘tkazadi;
• Har bir shaharda 30 million so‘mlik sovrin jamg‘armasi uchun kurashadi.

📍 Andijon: 18–20 sentyabr
📍 Toshkent: 25–27 sentyabr
🔗 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
🤝 Ma'lumot uchun: +998701840639

*Boshqa viloyatlardan kelgan dastlabki 25 ta ishtirokchi uchun bepul yotoqxona faqat Andijon ideatonida taqdim etiladi!

Ideal vaqt kelishini kutmang. Uni Techstars Startup Weekend’da yarating.

Qayerda e'lon qilingan