E'lon
🚀 Namangan viloyati, endi navbat sizga!
Sun’iy intellektga qiziqasizmi? Unda o‘zingizni sinab ko‘rish uchun yaxshi imkoniyat bor.
24–27-sentabr kunlari Namangan viloyatida National AI Hackathonning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Bu yerda shunchaki sun'iy intellekt haqida gapirilmaydi. Siz g‘oya o‘ylab topasiz, uni loyiha shakliga keltirasiz va jamoangiz bilan shu tashabbusni himoya qilasiz.
Eng muhimi, g‘oyangiz juda murakkab bo‘lishi shart emas. Asosiysi, real muammoga AI yordamida foydali yechim taklif qila olishingiz muhim.
🏆 G‘oliblarni esa yaxshi sovrinlar kutmoqda:
🥇 1-o‘rin — Apple MacBook Air
🥈 2-o‘rin — 20 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 10 000 000 so‘m
Ammo barchasi shu bilan tugamaydi. Siz quyidagi maxsus nominatsiyalar bo'yicha ham g'oliblikni qo'lga kiritishingiz mumkin:
- Eng qiziqarli taqdimot
- Eng dolzarb ijtimoiy loyiha
👥 Kimlar qatnasha oladi?
• 16 yoshdan katta yoshlar;
• Namangan viloyatida istiqomat qiluvchilar;
• Pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lganlar;
• Har bir ishtirokchi alohida ro‘yxatdan o‘tishi kerak;
• Faqat tasdiqlangan arizaga ega nomzodlar qatnashadi.
❗️ Muhim: National AI Hackathonning boshqa viloyat bosqichida qatnashganlar Namangan bosqichida ishtirok eta olmaydi.
Agar sizda “AI yordamida mana shu muammoni hal qilsa bo‘lardi” degan g‘oya bo‘lsa, aynan shu hackathon uni amalga oshirish uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lishi mumkin.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish:
eventflow.uz
Qayerda e'lon qilingan
- AI Alliance21.09.2026 ⚡️Namangandagi "Umummilliy Al
- Techstars Uzbekistan18.09.2026 🚀 Namangan viloyati, endi navbat sizga!
- Techstars Uzbekistan16.09.2026 🚀 National AI Hackathon – Xorazm viloyati bosqichi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
- Startup Choyxona15.09.2026 🤖 National AI Hackathon — navbat Namanganda!
- AI Alliance11.09.2026 🏆Sun'iy Intellektdan muntazam foydalansizmi? Unda bu bo'yicha bellashuvda qatnashib ko'rishingiz kerak.
- AI Alliance10.09.2026 🚀 Namangan viloyati, endi navbat sizga!
- AI Alliance07.09.2026 🚀 National AI Hackathon – Xorazm viloyati bosqichi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!