← Barcha hakatonlar
Muddati o'tgan Hakaton 🇺🇿 O'zbekiston

🚀 Transport sohasida ilk marotaba NATIONAL TRANSPORT HACKATHON o‘tkaziladi

E'lon

☄️ National Transport Hackathon uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Transport vazirligi mamlakat transport tizimini raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirishga qaratilgan National Transport Hackathon doirasida AT-mutaxassislarini uchta yo‘nalish bo‘yicha innovatsion va amaliy raqamli yechimlar yaratishga taklif etadi.

➡️ Hackathon doirasida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha innovatsion yechimlarni ishlab chiqishlari mumkin:
- aviatsiya, temir yo‘l va avtomobil transportida aholi mobilligini oshirishga xizmat qiluvchi servis va ilovalarni yaratish;
- Transport vazirligining axborot tizimlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish;
- transport sohasidagi katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va ulardan samarali foydalanishga qaratilgan yechimlarni ishlab chiqish.

Hackathon 2026-yil 6–8-avgust kunlari oflayn formatda bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilarga o‘z g‘oyalarini amaliy yechimga aylantirish uchun 72 soat vaqt ajratiladi.
Tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi 320 million so‘mni tashkil etadi.

📎 Ishtirok etish uchun jamoangizni shakllantirib, hackathon.mintrans.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin. Omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

Qayerda e'lon qilingan