← Barcha hakatonlar
Muddati o'tgan Hakaton 🇺🇿 O'zbekiston

Umummilliy AI Hackathon – Navoiy bosqichi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

E'lon

Umummilliy AI Hackathon – Navoiy bosqichi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

10–13-avgust kunlari Navoiy viloyati sun’iy intellektga qiziqqan yoshlarni bir maydonga jamlaydi!
Bu imkoniyatdan foydalanib, AI sohasidagi bilim va g‘oyalaringizni amaliy loyihaga aylantiring hamda tajribali mutaxassislar bilan birga ishlang!
🗣️ Navoiy bosqichi treklari:
- Sag’liqni saqlash va Farmatsevtika
- Ta’lim
- Tadbirkorlik
- Qo’shimcha treklar e’lon qilinadi.

© Qo‘shimcha nominatsiyalar
- Eng qiziqarli taqdimot
- Eng dolzarb ijtimoiy loyiha

⚙️ Ishtirok etish shartlari:
• Har bir ishtirokchi yakka tartibda ro‘yxatdan o‘tishi lozim;
• Faqat arizasi tasdiqlangan ishtirokchilar qatnashishi mumkin;
• Ishtirokchi 16 yosh va undan katta bo‘lishi hamda pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lishi kerak;
• Tanlovda faqat Navoiy viloyatida istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirok etishi mumkin;
• Umummilliy AI Hackathonning boshqa viloyat bosqichida ishtirok etgan nomzodlar ushbu bosqichda qatnasha olmaydi

🔗 Ro'yhatdan o'tish 8 avgust kuni yopiladi:
https://eventflow.uz/en/events/national-ai-hackathon-navoi

Ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo‘ling:
💯Telegram 😀LinkedIn 😀Instagram

Qayerda e'lon qilingan