← Barcha hakatonlar
Muddati o'tgan Hakaton 🇺🇿 O'zbekiston

“Umummilliy AI Hackathon” navbatdagi bosqich yaqin kunlarda start oladi!

E'lon

“Umummilliy AI Hackathon” navbatdagi bosqich yaqin kunlarda start oladi!

30-martdan 3-aprelga qadar Surxondaryo viloyati Termiz shahrida “Umummilliy AI Hackathon” navbatdagi bosqichi bo'lib o'tadi.

Hackathon davomida ishtirokchilar dolzarb masalalar ustida ishlash, ekspertlar bilan muloqot qilish, jamoa bo‘lib innovatsion yechimlar yaratish va o‘z salohiyatini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Tanlovda talabalar, dasturchilar, startap jamoalar, tadqiqotchilar hamda sun'iy intellektga qiziqadigan barcha Surxondaryolik yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish, treklar va ishtirok shartlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar tez orada e’lon qilinadi.

Yangiliklarni kuzatib borish uchun kanalimizga obuna bo‘ling!
@ai_alliance_uz

#AI #AIHackathon #Alyans #DigitalUzbekistan #SuniyIntellekt

Qayerda e'lon qilingan