← Barcha hakatonlar
Muddati o'tgan Tanlov 🇺🇿 O'zbekiston

🌟 Ayol qudrati — bizning kelajagimiz!

E'lon

🌟 Ayol qudrati — bizning kelajagimiz!

📢 Talabalarni konferensiyada ishtirok etishga taklif qilamiz

Central Asian University 2026-yil 12-oktabr kuni Toshkentdagi CAU kampusida bo‘lib o‘tadigan “Ayol qudrati — bizning kelajagimiz” — ayollar tadbirkorligi va gender tengligiga bag‘ishlangan talabalar konferensiyasiga talabalar, yosh tadqiqotchilar va o‘z faoliyatini endi boshlayotgan mutaxassislarni taklif etadi.

Konferensiya — ayollar tadbirkorligi, xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish va gender tengligi bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar, amaliy tajribalar, innovatsion g‘oyalar va tashabbuslarni taqdim etish uchun ochiq platforma.

💡 Tavsiya etiladigan mavzular:

• Ayollar tadbirkorligi va biznes
• Moliya, investitsiyalar va moliyaviy savodxonlik
• Tadbirkorlik ta’limi
• Barqaror va ijtimoiy tadbirkorlik
• Gender tengligi, qonunchilik va davlat siyosati
• Tadbirkorlik tafakkuri va o‘ziga bo‘lgan ishonch
• Raqamli savodxonlik, sun’iy intellekt va raqamli savdo
• Ijtimoiy mobillik va jamiyat rivoji
• Mehnat bozori ko‘nikmalari va mikro-malaka dasturlari

👥 Kimlar ishtirok etishi mumkin?

🎓 Bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalari
🏫 Maktab o‘quvchilari va "gap-year" olgan yoshlar
🌍 CAU, hamkor va boshqa universitetlar talabalari
👥 Yakka tartibda yoki 3 nafargacha hammuallif bilan

Ishtirok formatini tanlang: Presenter | Taqdimotchi
Presenter + Publication | Taqdimotchi + nashr
Visitor | Tinglovchi

📌Arizalar topshirishning so‘nggi muddati: 25-sentabr

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish

🌐 Batafsil ma’lumot

✨ Tadqiqotingizni taqdim eting. G‘oyalaringizni baham ko‘ring. Yangi aloqalar o‘rnating. O‘zgarishlarga ilhom bering.

🇬🇧 For reading in English
_____________________________________

💬Telegram 📱Instagram

📱Facebook 📹Youtube

📞 71-200-05-22, 71-208-12-34

💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!

Qayerda e'lon qilingan