← Barcha hakatonlar
Muddati o'tgan Hakaton 🇺🇿 O'zbekiston

⚡️ “Build with AI” loyihalar oyligiga start beramiz! Birinchi qadam - Ideathon bilan boshlaymiz!

E'lon

⚡️ “Build with AI” loyihalar oyligiga start beramiz! Birinchi qadam - Ideathon bilan boshlaymiz!

Bo‘lajak xakatonlarimizda intensiv dasturlash bosqichi oldidan ushbu Ideathon g‘oyalaringiz uchun mustahkam poydevor yaratishga ajoyib imkoniyat taqdim etadi.

“Build with AI” Ideathoni tajribali mentorlar va soha mutaxassislari bilan birgalikda eng ilg‘or FinTech va EdTech g‘oyalaringizni o‘rganish, sinovdan o‘tkazish va takomillashtirishga yordam berish uchun mo‘ljallangan.

⭐️ ENG ASOSIY YANGILIK:

Eng yaxshi jamoalar nafaqat yutuqlari uchun e’tirof etiladi, balki 2026-yil yozida bo‘lib o‘tadigan “Idrock Startup Accelerator” dasturiga eksklyuziv yo‘llanma uchun ham kurashadilar!

Agar g‘oyangizni haqiqiy startapga aylantirib, uni yangi bosqichga olib chiqish niyatida jiddiy bo‘lsangiz, bu siz uchun eng qisqa yo‘ldir.

👀 Sana: 2026-yil 18–19-aprel
🏛 Manzil: Yangi O‘zbekiston universiteti

🎟️ Ro‘yxatdan o‘tish havolasi:
https://gdg.community.dev/j/bktb6yqd535tt/

⚠️ MUHIM ESLATMA: Bu Ideathon — xakatonlar boshlanishidan avval o‘z g‘oyangizni pishitib olish uchun ajoyib imkoniyat. Hozirdanoq yangi g‘oyalar ustida bosh qotiring va rasmiy ro‘yxatdan o‘tish havolasini kutib qoling!

@gdgtashkent

Qayerda e'lon qilingan