← Barcha hakatonlar
1 kun qoldi Tanlov 🇺🇿 O'zbekiston

“Ekologik innovatsiyalar va yashil texnologiyalar” tanlovi e’lon qilindi!

E'lon

#diqqat_tanlov

“Ekologik innovatsiyalar va yashil texnologiyalar” tanlovi e’lon qilindi!

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tijoratlashtirishga tayyor innovatsion ishlanmalar va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ekologik innovatsiyalar va yashil texnologiyalar” tanlovi o‘tkazilmoqda.

Agar sizda atrof-muhitni muhofaza qilish, resurslardan samarali foydalanish va “yashil” iqtisodiyotga xizmat qiladigan tayyor innovatsion ishlanma yoki loyiha bo‘lsa, ushbu tanlovda ishtirok eting!

📌 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot, innovatsion, texnologik, ishlab chiqarish yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy va yuridik shaxslar.

📌 Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
1️⃣-bosqich — loyihani axborot tizimi orqali taqdim etish;
2️⃣-bosqich — ariza mualliflarining taqdimoti.

⏰ Arizalar 2026-yil 15-oktabr soat 23:59 ga qadar innomarket.uz axborot tizimi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

❗️Muhim: ariza faqat taklif muallifining id.ilmiy.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tgan shaxsiy kabineti orqali topshirilishi lozim. Muallif bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan arizalar tanlovga qabul qilinmaydi.

📞 Murojaat uchun: +998 71 203-32-23 (520).

🌐 Batafsil

Bizni kuzating

Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

Qayerda e'lon qilingan