← Barcha hakatonlar
Muddati o'tgan Hakaton 🇺🇿 O'zbekiston

🇬🇪 Fintech Hackathon 2026: $7700 mukofot va Singapurga sayohat imkoniyati

E'lon

🇬🇪 Fintech Hackathon 2026: $7700 mukofot va Singapurga sayohat imkoniyati

💳 Moliya sektoridagi real muammolarga texnologik yechim ishlab chiqishga tayyormisiz?

Gruziyaning Tbilisi shahrida Fintech Hackathon 2026 xalqaro hakatoni bo‘lib o‘tadi. Unda startaplar va IT-mutaxassislar moliya sohasi vakillari hamda regulyatorlar taqdim etgan muammolar ustida ishlaydi.

🏆 Ishtirokchilarni qanday imkoniyatlar kutmoqda?

🟩G‘olib jamoa uchun 20 000 GEL (taxminan $7700) mukofot;
🟩G‘olib jamoaga Singapore FinTech Festival 2026’da ishtirok etish imkoniyati;
🟩Soha ekspertlaridan mentorlik va amaliy mashg‘ulotlar;
🟩Eng yaxshi loyihalarni Tbilisi Finance Summit 2026 doirasidagi Demo Day’da taqdim etish;
🟩Tanlangan jamoalar uchun aviachipta va turar joy xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.

💻 Asosiy yo‘nalishlar: kreditlash, firibgarlikni aniqlash va AML, operatsion samaradorlik, algoritmik savdo hamda Open Banking.

👥 Kimlar qatnashishi mumkin?

18 yoshdan katta ishtirokchilardan iborat 2–5 kishilik jamoalar. Dastur ingliz tilida o‘tkaziladi, Tbilisidagi oflayn bosqichda qatnashish majburiy. Jami 20 tagacha jamoa tanlab olinadi.

📍 Tbilisi, Gruziya
🗓 15–28-oktabr, 2026-yil
🕔Dedlayn: 11-oktabr

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Qayerda e'lon qilingan