E'lon
IT Park Uzbekistan va Serbia Innovation Fund amaliy hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi
IT Park Uzbekistan Innovation Fund of the Republic of Serbia direktori Sasha Lazovich boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Uchrashuv sentabr oyida O‘zbekiston delegatsiyasining Serbiyaga tashrifi doirasida imzolangan Anglashuv memorandumi asosida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikning davomi bo‘ldi. Bu safar tomonlar amaliy hamkorlik yo‘nalishlari va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlariga e’tibor qaratdi.
Xususan, istiqbolli loyihalarni birgalikda moliyalashtirish, texnologik kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tajriba almashish hamda ikki mamlakat startaplari uchun yangi qo‘llab-quvvatlash vositalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Serbiya fondi vakillari, shuningdek, o‘z grant dasturlari hamda startaplarga moliyalashtirish, mentorlik ko‘magi va investorlar bilan aloqa imkoniyatlarini taqdim etuvchi Katapult akseleratsiya dasturi haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuv davomida IT Park Uzbekistan Expo Belgrade 2027 ko‘rgazmasida, shuningdek, ko‘rgazma doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan xakatonda ishtirok etish uchun taklif oldi.
Delegatsiya, shuningdek, IT Park Ventures direktori Dalerxon Nodirov bilan uchrashdi. Tomonlar startaplarni qo‘llab-quvvatlash, venchur ekotizimini rivojlantirish hamda qo‘shma investitsiya tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.
Muloqot amaliy formatda davom ettirilib, O‘zbekiston va Serbiya startaplari hamda texnologik kompaniyalari uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan loyihalarga alohida e’tibor qaratiladi.
—
IT Park Uzbekistan and the Innovation Fund of Serbia Discuss Practical Areas of Cooperation
IT Park Uzbekistan, met with a delegation of the Innovation Fund of the Republic of Serbia led by the Fund’s Director, Saša Lazovich.
The meeting continued the cooperation formalized through the Memorandum of Understanding signed in September during the visit of the Uzbek delegation to Serbia. This time, the parties focused on practical areas of engagement and potential joint initiatives.
In particular, they discussed co-financing promising projects, exchanging experience in supporting technology companies, and developing new support mechanisms for startups from both countries. Representatives of the Serbian fund also presented their grant programs and the Katapult acceleration program, which provides startups with funding, mentorship, and access to investors.
During the meeting, IT Park Uzbekistan was invited to participate in Expo Belgrade 2027, as well as in a hackathon planned as part of the exhibition.
The delegation also met with Dalerkhon Nodirov, Director of IT Park Ventures. The parties explored potential areas of cooperation in startup support, venture ecosystem development, and the implementation of joint investment initiatives.
The dialogue will continue in a practical format, with a focus on projects that can create new opportunities for startups and technology companies in Uzbekistan and Serbia.
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn