E'lon
🚀 STARTUP ARENA #AGRO
Agro sohada startapingiz bormi? Uni investorlar oldida taqdim etib, rivojlantirish uchun investitsiya olishni xohlaysizmi?
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi katta bozor va katta imkoniyatlarni ega. Suvdan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish, issiqxonalarni avtomatlashtirish, mahsulotni saqlash va eksport kabi yo‘nalishlarda yangi startaplar uchun hali juda ko‘p imkoniyat bor.
Yoshlar Ventures O‘zbekiston bo‘ylab agro sohada startap yaratgan va o‘z loyihasini rivojlantirayotgan jamoalarni izlayapti.
Biz uchun qiziq bo‘lgan yo‘nalishlar:
🏡 Aqlli issiqxonalar
Issiqxonalarni avtomatlashtirish, harorat, namlik va sug‘orishni boshqarishga yordam beradigan startaplar.
🎯 Precision Agriculture
Yer, suv, o‘g‘it va hosildorlikni aniq ma’lumotlar asosida boshqaradigan startaplar.
🌾 Agrotexnologiyalar
Hosildorlikni oshirish va qishloq xo‘jaligidagi jarayonlarni yaxshilashga yordam beradigan startaplar.
💧 WaterTech
Qishloq xo‘jaligida suvni tejash va undan samarali foydalanishga yordam beradigan startaplar.
🌦 ClimateTech
Iqlim va ob havo sharoitlariga moslashishga yordam beradigan startaplar.
🚚 Supply Chain
Mahsulotlarni saqlash, tashish va yetkazib berish jarayonlarini yaxshilaydigan startaplar.
💳 AgriFinTech
Fermer va dehqonlar uchun kredit, sug‘urta, to‘lov va boshqa moliyaviy xizmatlarni qulaylashtiradigan startaplar.
🌍 ExportTech
O‘zbekiston agro mahsulotlarini xalqaro bozorlarga olib chiqishni osonlashtiradigan startaplar.
Bu ro‘yxat faqat biz uchun qiziq bo‘lgan asosiy yo‘nalishlarni ko‘rsatadi. Agar startapingiz agro sohadagi muammoni hal qilsa, yo‘nalishingiz ro‘yxatda aynan shu nom bilan bo‘lmasa ham, ariza topshirishingiz mumkin.
❗️Arizalar 11 avgustgacha qabul qilinadi.
Saralashdan o‘tgan jamoalar 16 avgustdan Azizbek Kurbonovning “The Art of Pitch” kursida qatnashadi. Bu jarayonda jamoalar startapini investorlar oldida qanday taqdim etishni o‘rganadi va Demo Dayga tayyorlanadi.
🚀 26 avgust kuni DEMO DAY
Saralangan jamoalar o‘z startaplarini investorlar oldida taqdim etadi. Eng muhimi, shu kuni startapingiz uchun investitsiya olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Startapingizni keyingi bosqichga olib chiqish vaqti keldi.
👇 Ariza topshirish:
https://forms.gle/KSD2tUhamdrm9JHv6