← Barcha hakatonlar
Muddati o'tgan Startap dasturi 🇺🇿 O'zbekiston

O‘zbekistonda ilk bor Startup World Cup o‘tkaziladi!

E'lon

O‘zbekistonda ilk bor Startup World Cup o‘tkaziladi!

2026-yil 24-sentabr kuni Toshkentda, ICT Week Uzbekistan doirasidagi CAEx maydonchasida dunyodagi eng yirik global pitching musobaqasi — Startup World Cup'ning mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Toshkentdagi bosqich g‘olibi San-Fransiskodagi Grand Finale'ga yo‘llanma oladi va $1,000,000 miqdoridagi investitsiya mukofoti uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

📌 Bu startaplar uchun nima beradi?
• Loyihangizni xalqaro investorlar va ekspertlarga tanitish.
• Markaziy Osiyo texnologik ekotizimida yuqori mavqega ega bo‘lish.
• Silicon Valley finalida qatnashish va jahon miqyosida tanilish.

Geografik cheklovlar yo‘q, arizalar istalgan davlatdan qabul qilinadi.

Bosqichlar: Pre-Seed, Seed, Series A.
Yo‘nalishlar: Istalgan vertikallar (AI, FinTech, SaaS, Deep Tech, Consumer, Marketplace va boshqalar).
Fokus: Xalqaro o‘sishga yo‘naltirilgan jamoalar.

Kamida bir nafar jamoa a’zosi ingliz tilida erkin pitch (taqdimot) qila olishi shart.

📅 Arizalar qabul qilishning oxirgi muddati: 31-avgust
📅 Finalchilar (shortlist) e’lon qilinishi: 7-sentabr

🎤 Pitch Day (Toshkent, CAEx): 24-sentabr

🔗 Ariza topshirish: https://dontsettle.ai/startup-world-cup

Qayerda e'lon qilingan