E'lon
INMerge Tashkent: Startaplar arizalari qabul qilinmoqda
INMerge Tashkent 2026 doirasidagi Startup Competition uchun arizalar qabuli davom etmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, tanlovda ishtirok etish uchun arizalar butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi startaplar uchun ochiq. Tanlov mintaqaning eng istiqbolli loyihalarini aniqlash va ularni global investorlar bilan bog‘lashni maqsad qilgan.
Tanlab olingan startaplar 30-aprel kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan INMerge Tashkent 2026 tadbirida o‘z loyihalarini investorlar, texnologiya kompaniyalari va ekotizim vakillari oldida taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
G'olib bo'lgan startaplar esa Boku shahrida o‘tkaziladigan INBattle Competition’da ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish
Startaplar uchun arizalar 13-aprelga qadar qabul qilinadi.
Telegram | Instagram | LinkedIn