← Barcha hakatonlar
73 kun qoldi Startap dasturi 🇺🇿 O'zbekiston

🎓 NewUU × Uzum: yangi tadbirkorlik dasturining ilk mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

E'lon

🎓 NewUU × Uzum: yangi tadbirkorlik dasturining ilk mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

“Yangi O‘zbekiston” universitetida 4-kurs talabalari uchun New Uzbekistan University va Uzum hamkorligida tashkil etilgan Entrepreneurship Program dasturining ilk mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
16 haftaga mo‘ljallangan amaliy dastur davomida talabalar biznes g‘oyasini shakllantirishdan boshlab, real muammoni aniqlash, mijozlar bilan suhbat o‘tkazish, qiymat taklifi va biznes-model ishlab chiqish, MVP yaratish, moliyaviy model va pitch tayyorlashgacha bo‘lgan jarayonlarni amaliy tarzda o‘rganadilar.
19-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan ochilish sessiyasini akademik ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Azizbek Maraximov hamda Menejment maktabi dekani Odiljon Abdurazzoqov ochib berdilar. Sessiyada Uzum kompaniyasining strategiya va M&A bo‘yicha vitse-prezidenti Damir Aliyev spiker sifatida ishtirok etib, talabalarga tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Dasturga turli yo‘nalishlardan jamlangan fanlararo jamoalar jalb etilib, talabalar real biznes vazifalari ustida birgalikda ishlaydilar. Dastur yakunida jamoalar o‘z loyihalarini Demo Day doirasida taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
📅 Dastur 19-sentabrdan 26-dekabrgacha davom etadi.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Qayerda e'lon qilingan