E'lon
73 mlrd ustav kapitalga ega Agro Ventures tashkil etildi
Agrobank o‘zining Agro Ventures kompaniyasini tashkil etdi. Kompaniya direktorligiga Mirolim Abdullayev tayinlandi.
Mirolim Abdullayev 2022-yildan AloqaVentures’da faoliyat yuritgan, 2026-yildan esa Principal vazifasini bajarib kelmoqda.
Kompaniyaning ustav kapitali 73 mlrd so‘mni tashkil etadi. Agro Ventures Agrobankning 100 foiz ulushiga ega bo‘lgan kompaniya sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.
Agro Ventures startaplarni moliyalashtirish uchun akselerator va inkubator dasturlarini yo‘lga qo‘yish, xakatonlar o‘tkazish, qishloq xo‘jaligidagi startaplar va innovatsion g‘oyalar uchun grant dasturlarini joriy etish bilan shug‘ullanadi.
@pivotuzbekistan