← Barcha hakatonlar
Eski e'lon Hakaton 🇺🇿 O'zbekiston

🎮 Samarqandda GameDev Ideathon — o‘z o‘yiningizni yarating!

E'lon

🎮 Samarqandda GameDev Ideathon — o‘z o‘yiningizni yarating!

Samarqandda bo‘lib o‘tadigan GameDev Ideathon davomida ishtirokchilar kelajakdagi o‘yinlar konsepsiyalarini ishlab chiqadilar.

Bu yerda kod yozish shart emas — asosiy e’tibor:
🎯 kreativ g‘oyalar yaratish;
🎯 bozor va o‘yin yo‘nalishlarini tahlil qilish;
🎯 kuchli pitch tayyorlashga qaratiladi.

Eng yaxshi loyihalar Goethe-Institut, IT Park Uzbekistan va School 21 hamkorligida tashkil etilayotgan o‘yin inkubatoriga yo‘l oladi va to‘liq mahsulot yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

👥 Kimlar qatnashishi mumkin:
— dasturchilar;
— game dizaynerlar;
— rassomlar;
— ssenariy mualliflari;
— o‘yinlarga qiziqadigan barcha ijodkorlar.

Jamoangiz bo‘lmasa ham qatnashing — tadbir davomida jamoa tuzish imkoniyati bo‘ladi.

🗓 Sana: 17-iyul
⏱️ Vaqt: 11:00–19:30
🌍 Til: O'zbek / Rus
📍 Manzil: School 21, Samarqand

🚀 Ro‘yxatdan o‘tish
🏃‍♂️ Yo‘nalish tuzish

———————————————

@startup_choyxona — startaplar va investorlar uchun tadbirlar

#tadbir

Qayerda e'lon qilingan