E'lon
👾 O‘yin jamoalari $1 000 stipendiya olishi va Sherdor Game Acceleration’da $100 000 gacha sarmoya jalb qilishi mumkin
Sherdor Game Acceleration o‘yin prototipi, vertikal kesimi yoki demo versiyasi tayyor bo‘lgan dasturchilardan arizalar qabul qilmoqda.
Dastur ishtirokchilari quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:
— $1 000 miqdorida stipendiya;
— Demo Day’da venchur jamg‘armalari va o‘yin nashriyotlaridan $50 000 dan $100 000 gacha sarmoya jalb qilish imkoniyati;
— 45 kun davomida marketing ko‘magi;
— o‘yinlarni autsorsing asosida ishlab chiqish va o‘z intellektual mulkini yaratish bo‘yicha hamkorlik shartnomalarini tuzish imkoniyati.
⏰ Ariza topshirish: 23-iyulgacha
🚀 Ariza yuborish
——————————
@startup_choyxona — startaplar va investorlar uchun tadbirlar va imkoniyatlar
#imkoniyatlar