E'lon
🤖 WAIC 2026 — Xitoydagi eng yirik AI tadbirida startapingizni namoyish eting
IT Park Uzbekistan sun’iy intellekt yo‘nalishidagi startaplarni dunyodagi eng yirik AI tadbirlaridan biri — WAIC 2026'da O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida ishtirok etishga taklif qiladi.
Ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
— O‘zbekiston milliy pavilyonida qatnashish;
— global kompaniyalar va investorlar bilan B2B uchrashuvlar;
— 140 dan ortiq forum, ko‘rgazma va pitch sessiyalarida ishtirok etish;
— 200 dan ortiq investor bilan matchmaking imkoniyati.
Dastur quyidagi startaplar uchun mo‘ljallangan:
— IT Park rezidentlari;
— AI, robototexnika, SaaS va deeptech loyihalari;
— MVP yoki dastlabki traction'ga ega jamoalar;
— Xitoy va Osiyo bozoriga chiqishni rejalashtirayotgan kompaniyalar.
🗓 Sana: 17–20 iyul
📍 Manzil: Shanxay, Xitoy
⏰ Arizalar qabuli: 29-iyungacha
🚀 Ariza topshirish
———————————————
@startup_choyxona — startaplar va investorlar uchun tadbirlar
#imkoniyatlar