← Barcha hakatonlar
Muddati o'tgan Startap dasturi 🇺🇿 O'zbekiston

Toshkentda startaplar uchun Investment Readiness Accelerator 2.0 dasturining ikkinchi bosqichiga qabul boshlandi

E'lon

Toshkentda startaplar uchun Investment Readiness Accelerator 2.0 dasturining ikkinchi bosqichiga qabul boshlandi

O‘zbekistondagi startaplar IRA Tashkent 2.0 orqali $200 000 gacha investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar

Toshkentda Investment Readiness Accelerator (IRA) Tashkent 2.0 — O‘zbekiston bozoriga yo‘naltirilgan, investitsiyalarni jalb qilishga va kengayishga (miqyoslashga) tayyor startaplar uchun akseleratsiya dasturining ikkinchi bosqichiga arizalar qabul qilinishi boshlandi.
Dastur texnologik jamoalarni investitsiya bitimiga va biznesning tizimli o‘sishiga tayyorlashga qaratilgan.
12 hafta davomida ishtirokchilar:
- startapni investitsiyaga tayyor holatga keltiradilar;
- o‘sish va kengayish strategiyasini ishlab chiqadilar;
- venchur fondlari va biznes-angelar bilan aloqa o‘rnatadilar;
- trekerlar va soha ekspertlari bilan intensiv ish olib boradilar.

Dastur yakunlari bo‘yicha startaplar $200 000 gacha miqdorda investitsiya jalb qilish uchun da’vogarlik qilishlari mumkin.
Dastur formati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Investor Race — venchur investorlari va biznes-angelar bilan uchrashuvlar;
- Pit-stop sessions — muntazam trekshn-uchrashuvlar;
- Adviser hours — bozor ekspertlari bilan yakka tartibdagi ishlar.

Dasturning yetakchi trekeri — Andrey Kryukov, RS Bootcamp hammuassisi va boshqaruvchi hamkori. U startaplar bilan ishlash va akseleratsiya dasturlarini boshqarishda 8 yildan ortiq tajribaga ega.
Ishtirok etish uchun quyidagi talablarga javob beruvchi startaplar taklif etiladi:
- Pre-seed / Seed bosqichidagilar;
- Tayyor MVPga ega bo‘lganlar;
- Daromadi (MRR) $1000 dan yuqori bo‘lganlar;
- Kamida 2 kishilik jamoaga ega bo‘lganlar;
- Investitsiya bitimiga (SAFE) tayyor bo‘lganlar.

Dastur UNDP va SQB Ventures ko‘magida MOST C-Space Hub tomonidan amalga oshirilmoqda.

Arizalar topshirish muddati: 13-aprelgacha
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: investready.uz

——————————
@startup_choyxona - startaplar va investorlar uchun tadbirlar

#imkoniyatlar

Qayerda e'lon qilingan