← Barcha hakatonlar
Muddati o'tgan Tanlov 🇺🇿 O'zbekiston

TATU TALABALARI UCHUN STARTAP LOYIHALAR QABULI DAVOM ETMOQDA!

E'lon

TATU TALABALARI UCHUN STARTAP LOYIHALAR QABULI DAVOM ETMOQDA!

❓Innovatsion g‘oyangiz bormi? Endi uni haqiqiy startapga aylantirish va rivojlantirish imkoniyati sizni kutmoqda!

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalarining innovatsion g‘oyalari hamda startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida loyihalar qabuli davom etmoqda.

♻️Ishtirokchilar uchun imkoniyatlar:
🔹 Tajribali mentorlar va soha mutaxassislaridan maslahatlar;
🔹 Grant va investitsiya jalb qilish imkoniyati;
🔹 Investorlar hamda hamkorlar bilan uchrashuvlar;
🔹 Loyihani rivojlantirish va tanlovlarga tayyorlash bo‘yicha amaliy ko‘mak.

👥 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
🔹 TATUning barcha bosqich talabalari;
🔹 Individual yoki jamoa tarkibida;
🔹 G‘oya yoki MVP bosqichidagi startap loyihalari bilan.

📝 Ariza topshirish
📅 Arizalar qabuli: 2026-yil 15-sentabrga qadar.
📩 Murojaat uchun: @tatustartup

☑️ Bugungi g‘oyangiz — ertangi muvaffaqiyatli startapingiz bo‘lishi mumkin! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Bizni kuzating:
🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook

Qayerda e'lon qilingan