E'lon
🚀 NASA SPACE APPS CHALLENGE TOSHKENTDA — 5-YUBILEY!
Dunyodagi eng yirik xalqaro xakatonlardan biri — NASA International Space Apps Challenge yana Toshkentda bo‘lib o‘tadi va bu safar 5-marotaba o‘zining ijodkor, innovatsion fikrlaydigan ishtirokchilarini bir joyga jamlaydi!
Dasturlash, muhandislik, dizayn, tahlil, ilm-fan — bu yerda har bir ishtirokchi o‘z yo‘nalishini topib, bilim va ko‘nikmalarini haqiqiy innovatsion loyiha yaratishda qo‘llashi mumkin.
✨ Eng asosiysi — ishtirok etish bepul!
Yoshingiz, kasbingiz yoki tajribangiz qanday bo‘lishidan qat’i nazar, agar siz ilm-fan, texnologiyalar, innovatsiyalar va kosmosga qiziqsangiz — bu challenge aynan siz uchun!
📅 2026-yil 14–15-noyabr
⏳ Ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
Balki aynan sizning g‘oyangiz global muammolardan biriga yechim bo’ladi!