E'lon
📣📣📣 SGP Life Sciences: Markaziy Osiyo startaplari uchun akseleratsiya dasturi
DOMiNO Ventures va UzVC Markaziy Osiyodagi startaplar uchun SGP Life Sciences ikki oylik akseleratsiya dasturini ishga tushirmoqda. Dastur Biotech, Healthtech va Pharmatech yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi startaplar uchun mo‘ljallangan.
Ishtirokchilar:
🧬 mentorlar va soha ekspertlaridan amaliy yordam oladi
🧬 investitsiya jalb qilish va biznesni kengaytirishga tayyorlanadi
🧬 xalqaro venchur fondlari va investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatadi
🧬 xalqaro bozorlarga chiqish va hamkorlik imkoniyatlariga ega bo‘ladi
Dastur O‘zbekistonda ikki kunlik oflayn Bootcamp va Demo Day bilan yakunlanadi. Tadbirda investorlar, korporatsiyalar va startap ekotizimi vakillari ishtirok etadi.
🗓🗓 Arizalar 2026-yil 18-sentabrgacha qabul qilinadi.
➡️ Ariza topshirish