← Barcha hakatonlar
Eski e'lon Hakaton 🇺🇿 O'zbekiston

🔥🔥🔥 O‘zbekistonda Techstars rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi

E'lon

🔥🔥🔥 O‘zbekistonda Techstars rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi

5-mart kuni Toshkent shahrida Techstars Uzbekistan dasturining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Dastur UzVC va Hackonnect hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Tadbirda 150 ga yaqin sanoat vakillari — investorlar, davlat va xususiy sektor, banklar hamda IT va startap hamjamiyati yetakchilari ishtirok etdi.

Techstars — startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dunyodagi eng yirik platformalardan biri. 2006-yildan buyon uning dasturlarida 4900 dan ortiq startap qatnashgan. Techstars odatda alohida shaharlarda dasturlar o‘tkazadi, biroq UzVC mamlakat bo‘ylab dasturlar o‘tkazish huquqiga ega bo‘ldi.

Dastur formatlari:
✔️ Startup Weekend — 54 soatlik startap hakatoni
✔️ Founder Catalyst — 10 haftalik onlayn pre-akselerator
✔️ Startup Week & Community Lab — xalqaro sammit va tadbirlar
✔️ Startup Digest — startap ekotizimi bo‘yicha yangiliklar

Dastlabki bosqichdayoq O‘zbekistondan 50 ga yaqin startap Founder Catalyst dasturiga ariza topshirdi.

Qayerda e'lon qilingan