E'lon
Umumiy sovrin jamg‘armasi 64 000 000 so‘m bo‘lgan loyihalar tanlovi e’lon qilindi!
Sizda muhandislik g‘oyasi, innovatsion ishlanma yoki kelajak texnologiyalariga oid tayyor loyiha bormi? Unday bo‘lsa, bu imkoniyat aynan siz uchun!
«Electronic Autonomous Solutions» AJ hamkorligida o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy forum doirasida eng iqtidorli va izlanuvchan yoshlar hamda muhandislar o‘rtasida amaliy loyihalar tanlovi start oldi.
🎯 Tanlov yo‘nalishlari:
Dron va FPV texnologiyalari
Antidron texnologiyalari
Radioelektron boshqaruv, aloqa va telemetriya
Avtonom navigatsiya, Sun’iy intellekt va Computer Vision
Payload (foydali yuk) texnologiyalari
Aviamodel, aeromodellashtirish va Aerodinamika
Kosmik va raketa texnologiyalari
Elektr dvigatel va energetika
Agro va sanoat dronlari
Aerospace Robotics
Boshqa innovatsion yo‘nalishlar
🏆 G‘oliblarni munosib mukofotlar kutmoqda:
🥇 1-o‘rin — 25 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 15 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 10 000 000 so‘m
🏅 4–10-o‘rinlar — har biriga 2 000 000 so‘mdan
🗓 Muhim sanalar:
⏳ Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni: 1-oktabr (shu kuni ham qabul qilinadi).
📋 Top-10 loyihalar e’loni: 4-oktabr (Final bosqichiga yo‘llanma).
🎤 Final : 9-oktabr.
Ishtirokchilar yosh chegarasi : 20-30 yosh.
🔥 Ikkilanmang! O‘z iqtidoringizni namoyon eting va texnologik inqilobning bir qismiga aylaning.
🔗 Hoziroq quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: hackathon.uz
Telegram guruhga a'zo bo'ling