E'lon
📣 BEYOND Accelerator: mahsulot va daromaddan — investitsiya va masshtablashgacha
Startapingizga investitsiya jalb qilish va yangi bozorlarga chiqishni rejalashtiryapsizmi?
🟢 BEYOND Accelerator — Toshkentda mahsuloti va tasdiqlangan trekshnga ega startaplar uchun tashkil etilayotgan intensiv akseleratsiya dasturi.
Dastur Buyuk Britaniya hukumatining UK International Development dasturi va Shveytsariya hukumati tomonidan United Ventures bilan hamkorlikda moliyalashtirilgan.
Dastur davomida ishtirokchilar:
🟣 sun’iy intellekt yordamida mahsulot va biznes jarayonlarini takomillashtiradi;
🟣 moliyaviy model va Data Room tayyorlash orqali investitsiya jalb qilishga hozirlik ko‘radi;
🟣 venchur fondlar va biznes angel'lar bilan bevosita aloqalar o‘rnatadi;
🟣 tajribali trekerlardan individual mentorlik oladi;
🟣 korporativ hamkorlar va yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini o‘rganadi.
👤 Dastur bosh trekeri — Bota Mussa, Bilimber asoschisi va CEO’si, 500 Global, Antler va Entrepreneur First dasturlari bitiruvchisi.
300 + loyiha bilan ishlagan va 10 000 + mentorlik tajribasiga ega.
🗣 Dastur tili: rus va ingliz
📌 Kimlar uchun?
Ishlaydigan MVP va tasdiqlangan trekshnga ega Pre-Seed va Seed bosqichidagi startaplar.
📍 Manzil: Toshkent
🗓 Arizalar qabuli 20-oktabrgacha
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish
🚀 Investitsiya jalb qilishga tayyorgarlikni bugundan boshlang!
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website