← Barcha hakatonlar
Muddat ko'rsatilmagan Hakaton 🇺🇿 O'zbekiston

Vestminster universitetida “Intelligence in Use” universitetlararo xakatoni bo‘lib o‘tdi

E'lon

Vestminster universitetida “Intelligence in Use” universitetlararo xakatoni bo‘lib o‘tdi

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida (TXVU) “Intelligence in Use” universitetlararo xakatonning final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa O‘zbekistonning turli oliy ta’lim muassasalaridan iqtidorli talabalarni birlashtirib, ularga innovatsion g‘oyalarini amaliy yechimlarga aylantirish imkoniyatini yaratdi.

Xakatonda mamlakat bo‘ylab 42 ta oliy ta’lim muassasasidan jami 325 ta jamoa ro‘yxatdan o‘tdi. Sentabr oyida o‘tkazilgan onlayn saralash bosqichi natijalariga ko‘ra, eng yuqori natija ko‘rsatgan 40 ta jamoa, ya’ni 120 nafar talaba, TXVUda tashkil etilgan ikki kunlik final bosqichiga yo‘llanma oldi.

Final davomida ishtirokchilar Computer Vision (kompyuter ko‘rishi) hamda FinTech / AI in Finance (moliyaviy texnologiyalar va moliya sohasida sun’iy intellekt) yo‘nalishlari bo‘yicha innovatsion loyihalar ishlab chiqib, o‘z yechimlarini taqdim etdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, quyidagi jamoalar g‘olib va sovrindor deb topildi:

Computer Vision yo‘nalishi:
1-o‘rin —  TruMinds, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU)
2-o‘rin — Provision, Toshkent shahridagi Vebster universiteti
3-o‘rin — Pitstop, Toshkent shahridagi Vebster universiteti

FinTech/AI in Finance yo‘nalishi:i
1-o‘rin — Centrum, Toshkent shahridagi Inha universiteti
2-o‘rin —  Dominify, Toshkent shahridagi Inha universiteti
3-o‘rin — AGI, Yangi O‘zbekiston universiteti

Har bir yo‘nalishda dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalarga o‘z loyihalarini yanada takomillashtirish va rivojlantirish maqsadida innoWIUT innovatsiya markazida rezidentlik imkoniyati ham taqdim etildi.

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Qayerda e'lon qilingan