← Barcha hakatonlar
Muddat ko'rsatilmagan Hakaton 🇺🇿 O'zbekiston

Toshkent shahridagi Inha Universitetida CoddyCamp Hackathon 2026 final bosqichi bo’lib o’tdi

E'lon

Toshkent shahridagi Inha Universitetida CoddyCamp Hackathon 2026 final bosqichi bo’lib o’tdi

18-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha Universitetida CoddyCamp IT akademiyasi tomonidan bolalar va o‘smirlar uchun tashkil etilgan CoddyCamp Hackathon 2026 hakatonining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 60 ta jamoa Junior va Senior kategoriyalarida o‘zaro bellashdi.

Hakaton davomida yosh dasturchilar texnologik loyihalar ustida ishlab, o‘z g‘oyalarini taqdim etishdi hamda dasturlash, jamoada ishlash va muammolarga yechim topish ko‘nikmalarini ekspertlar hay’ati oldida namoyish etishdi.

Tadbir ishtirokchilarga olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash, ekspertlardan fikr-mulohazalar olish hamda o‘z loyihalarini ishlab chiqish va taqdim etish bo‘yicha qimmatli tajriba orttirish imkonini berdi.

Tadbir g‘oliblarni e’lon qilish hamda ularga sovrinlar va mukofotlarni topshirish marosimi bilan yakunlandi.

Qayerda e'lon qilingan