← Barcha hakatonlar
24 kun qoldi Startap dasturi 🇺🇿 O'zbekiston

🇰🇪 Digital Uzbekistan: Kenya — Keniya bozoriga chiqmoqchi bo‘lgan dasturiy mahsulotlar uchun Open Call!

E'lon

🇰🇪 Digital Uzbekistan: Kenya — Keniya bozoriga chiqmoqchi bo‘lgan dasturiy mahsulotlar uchun Open Call!

🚀 Dasturiy mahsulotingizni Keniya bozoriga olib chiqish, yangi mijozlar topish va xalqaro investorlar bilan hamkorlik o‘rnatishni rejalashtiryapsizmi?

🟢 IT Park Uzbekistan joriy yilning 8-dekabr kuni Keniyaning Nayrobi shahrida Digital Uzbekistan: Kenya tadbirini tashkil etadi. Unda ishtirok etish uchun O‘zbekiston dasturiy mahsulotlaridan arizalar qabul qilinmoqda.

Tanlangan dasturiy mahsulotlar qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi?
🟩o‘z mahsulotlarini Keniyadagi potensial mijozlarga taqdim etish;
🟩IT-distribyutorlar, resellerlar, tizim integratorlari va innovatsiya markazlari bilan uchrashish;
🟩Keniya bozoriga kirish strategiyasi (GTM), savdo va B2B-hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish;
🟩mahsulotlar taqdimoti va hamkorlar bilan muloqot o‘rnatish sessiyalari.

🤝 IT Park Uzbekistan tadbirni to‘liq tashkil etadi hamda tanlangan dasturiy mahsulotlarga mos B2B auditoriyani jalb qilish uchun maqsadli reklama va kommunikatsion yordam ko‘rsatadi.

🎯 Tanlov asosida 6 tagacha dasturiy mahsulot saralab olinadi. Aviachipta, turar joy va viza xarajatlari ishtirokchilar tomonidan qoplanadi.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?
🟩ishlaydigan mahsulot yoki MVP hamda ingliz tilidagi veb-saytga ega;
🟩dastlabki sotuvlari yoki mijozlar bilan pilot loyihalari mavjud;
🟩asoschisi yoki hammuassisi ingliz tilida erkin muloqot qila oladigan dasturiy mahsulotlar.

Tanlovda Keniya bozoriga chiqishni yoki ushbu bozordagi faoliyatini kengaytirishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston dasturiy mahsulotlari qatnashishi mumkin.

📍 Nayrobi, Keniya
🗓 8-dekabr, 2026-yil
🕔 Arizalar qabuli: 12-noyabrgacha

🔗 Ariza topshirish
🖥 Batafsil saytimizda

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Qayerda e'lon qilingan