E'lon
🚀 Y Combinator’dan $500 000 investitsiya olish imkoniyati: Winter 2027 uchun arizalar ochildi!
🇺🇸 Startapingizni Silikon vodiysida rivojlantirish, xalqaro investorlar bilan tanishish va dunyoning eng kuchli startap hamjamiyatlaridan biriga qo‘shilishga tayyormisiz?
Y Combinator (YC) 2027-yil yanvar–mart oylarida AQShning San Fransisko shahrida bo‘lib o‘tadigan Winter 2027 dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Tanlovda O‘zbekiston startaplari ham ishtirok etishi mumkin.
Tanlangan startaplarni qanday imkoniyatlar kutmoqda?
🟩$500 000 investitsiya: $125 000 evaziga kompaniyaning 7% ulushi, qolgan $375 000 esa uncapped MFN SAFE shartlari asosida kiritiladi;
🟩Global hamjamiyat: tajribali YC hamkorlari bilan ishlash, xalqaro investorlar va dunyoning turli mamlakatlaridagi founderlar bilan aloqa o‘rnatish;
🟩$12 milliondan ortiq imtiyozlar: cloud, AI va boshqa texnologik xizmatlar uchun hamkor kompaniyalarning kreditlari va maxsus takliflaridan foydalanish;
🟩Silikon vodiysi tajribasi: uch oy davomida startapni rivojlantirish va global miqyosda o‘sishga tayyorlash.
❓ Kimlar ariza topshirishi mumkin?
YC’ga ariza topshirish uchun AQShda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyaga ega bo‘lish shart emas. Dasturga qabul qilingan startaplarga zarur korporativ tuzilmani shakllantirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatiladi.
🇺🇿 Eslatib o‘tamiz, hamyurtlarimiz asos solgan Twolabs.ai (Sardor Rahmatulloyev) va Speko.ai (Beknazar Abdikamalov) startaplari avvalroq Y Combinator dasturiga qabul qilingan. Endi navbat sizda!
📍 San-Fransisko, AQSh
📅 Dastur: 2027-yil yanvar–mart
⏳ Arizalar qabuli: 3-noyabr, soat 09:00
🔗 Ariza topshirish
🖥 Batafsil saytimizda
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website